Özbekiston Respublikasi IIVda Interpol vitse-prezidenti - Rossiya Federatsiyasi IIV Interpol milliy markazi byurosi boşliği politsiya general-mayori Aleksandr Prokopçuk va Rossiya Federatsiyasi IIVning Özbekiston Respublikasidagi vakili politsiya polkovnigi Yevgeniy Fedotov iştirokida uçraşuv bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, ularni Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining birinçi örinbosari general-mayor Davron Nazarmuhamedov qabul qildi.
Jinoyat politsiyasi xalqaro taşkiloti - Interpol dunyodagi eng yirik xalqaro politsiya taşkiloti hisoblanadi. Bu taşkilot turli mamlakatlar politsiya xizmatlarining hamkorligini ta'minlaydi va maqsadi umumiy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bölgan davlatlarning huquq-tartibot organlari hamda xalqaro hududiy taşkilotlarni qöllab-quvvatlab, ularga yordam beradi.
Uçraşuv davomida Jinoyat politsiyasi xalqaro taşkiloti – Interpol faoliyatida Rossiya va Özbekistonning transmilliy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaşga oid masalalar muhokama qilindi.












