Aralaş yönaliş (MMA) böyiça irlandiyalik jangçi Konor Makgregor boks qoidalariga muvofiq kiçik Floyd Meyvezer bilan revanş jang ötkazişga tayyorligini bildirdi.

2017 yilda Makgregor maxsus WBC Money Belt unvoni uçun jangda Meyvezerdan mağlubiyatga uçragandi.

«Men kelajak uçun bir neçta variantlarni körib çiqyapman. Albatta, röyxatda boks ham bor. Men bunday imkoniyatlardan doim mamnunman.

Agar Meyvezerda menga qarşi oktagonda çiqiş uçun jasorati yetsa, bu nima bilan tugaşini köriş qiziq bölardi. Ammo, men u bilan boks böyiça ringda yana uçraşişga tayyorman. Agar u jang qilişni xohlasa, revanş qilamiz», - deya Makgregorning sözlarini keltiradi Boxing News 24.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregor bilan jangdan avval özbekistonlik muxlislarga murojaat qilgandi.