Jizzax viloyat Moliya boşqarmasi boşliği örinbosari Ş.K. 1200 AQŞ dollari va 4 mln. söm pora bilan qölga tuşdi. Bu haqda Jizzax viloyat huquqni muxofaza qiluvçi organlari ma'lumotiga tayanib Sangzor.uz sayti xabar bermoqda.
Jizzax şahrida röyxatdan ötkazilgan “Dilorom-Şahrizoda” MÇJning Paxtakor tumanidagi “Şodlik” maktabgaça ta'lim muassasasida amalga oşirilgan quriliş işlari böyiça 2018 yil fevral oyida viloyat nazorat taftiş boşqarmasi tomonidan tekşiruv ötkazilgan.
Tekşiruv natijasida, aniqlangan 36 mln. sömlik kamomadni yopib beriş evaziga Jizzax viloyat Moliya boşqarmasi boşliği örinbosari Ş.K. firma rahbari X.X.dan 1200 AQŞ dollari va 4 mln. söm pullarni pora sifatida olgan. Bundan taşqari, Ş.K. öz hovlisida hammom quraman deb, X.X.dan 1000 dona şlakoblok, 1 tonna sement va 12 dona şifer olgan.
Ammo viloyat Moliya boşqarmasi boşliği örinbosari Ş.K. “Dilorom-Şahrizoda” MÇJning kamomadini yopa olmagaç olgan pullarini bir qismi 1,5 mln. sömni moliya boşqarmasi arxivariusi E.G. orqali X.X.ga 2018 yil sentabr oyi boşida qaytarayotgan vaqtida viloyat DXX boşqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda jinoyat ustida qölga olindi.
Hozirda, Ş.K.ga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan va qamoqqa olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namanganda hokim örinbosari pora bilan qölga olingandi.













