Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon AQSh mudofaa sanoatida yuzlab kamchiliklarni aniqladi
Pentagon tomonidan buyurtma qilingan 150 sahifadan iborat hisobot tuzuvchilarining ma'lum qilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari mudofaa sanoatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yuzlab kamchiliklar bor. Hujjat matni bilan Reuters agentligi tanishib chiqdi.
Hisobotda aytilishicha, AQSh harbiy sanoati sohasida Amerika mudofaa korxonalarining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan komponentlar va materiallardan foydalanishga aloqador bo‘lgan «deyarli 300ta» kamchiliklar bor.
Hisobot mualliflarining ta'kidlashicha, Xitoy AQSh harbiy sanoati uchun «o‘sib borayotgan xavf» hisoblanadi.
AQSh harbiy mahkamasi mudofaa sanoatidagi asosiy korxonalar ishida «kamchiliklarni» tuzatish maqsadida hisobotga buyurtma bergani aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon yangi qurolni muddatidan oldin sinovdan o‘tkazishga va'da bergandi.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026