Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat departamenti xorijga 70 mlrd dollarlik qurol sotishga ruxsat berdi
AQSh Davlat departamenti 2018-moliyaviy yilda 69,7 milliard dollarlik qurol-yarog‘ni xorijga sotishga ruxsat berdi. Bu haqda Defence News xabar qilmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, eng katta bitim Saudiya Arabistoni bilan tuzilgan, podshohlik AQShdan THAAD zenit raketa komplekslarini 15 milliard dollarga sotib olgan.
Ta'kidlanishicha, Yevropa davlatlaridan yuborilgan so‘rovlar eng ko‘p ma'qullangan.
Shu bilan birga, 2018-moliyaviy yilda Davlat departamenti qurol-yarog‘ sotishga 70dan ortiq ruxsatnomalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar AQShni biologik qurol ishlab chiqishda gumonlayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026