Pokistonlik tergovçilar Karaçi şahrida yaşovçi muzqaymoq sotuvçisining bank hisob raqamida milliardlab rupiylarni aniqlaşdi. Qiziği, sotuvçining özi bundan bexabar bölgan.
Kuniga 4 dollar topadigan Muhammad Abdulqodir ismli uşbu şaxsning hisob raqamida 2,3 mlrd Pokiston rupiysi (18,6 mln dollar) bor bölgan. Erkakning aytişiça, u bu pullardan bexabar bölgan, hisob raqam esa şaxsni tasdiqlovçi hujjatning nusxasi asosida oçilgan.
“Men dunyodagi eng omadsiz insonman. Hisob raqamimda şunça pul borligini bilganimda, pullar u yerda yöq edi”, deb aytgan erkak.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari erkak haqiqatan ham uşbu pullarga aloqasi yöqligi haqidagi qarorga kelişgan, çunki u savodsiz bölgani sababli hattoki hujjatlarni imzolay olmagan.
Tergov davomida şunga öxşaş yana 77 ta hisob raqam aniqlangan. Bu hisob raqamlar orqali umumiy hisobda 280 mln dollardan köproq pul ötgan. Uşbu pul yuviş sxemasini tuzişda Pokistonning sobiq prezidenti Asif Ali Zardariy gumon qilinmoqda.













