Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozoğiston xalqiga an'anaviy murojaat bilan yuzlandi.

Murojaat mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning dolzarb muammolari va qozoğistonliklar turmuş tarzini yanada yaxşilaş vazifalariga bağişlangan. 

Milliy telekanallar mamlakat rahbari murojaatining jonli translyatsiyasini olib borişgan.

Nazarboyev öz murojaatida iqtisodiyotda raqobatni rivojlantiriş böyiça qat'iy çoralar köriş va uy-joy kommunal xöjaligidagi narxlarda tartib örnatiş; biznesni adolatsiz ma'muriy bosim va jinoiy ta'qib tahdidlaridan himoyalaşni oşiriş; eksportga yönaltirilgan sanoatlaştiriş iqtisodiy siyosatning markaziy unsuri bölişi; moliyaviy sektorning iqtisodiyotni rivojlantirişdagi rolini kuçaytiriş va uzoq muddatli makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlaş lozimligini aytgan.   

Qozoğiston prezidenti aholi turmuş tarzini yaxşilaş maqsadida 5 yil davomida ta'lim, fan va soğliqni saqlaş uçun xarajatlarni YaIMning 10 foiziga yetkaziş; maktabgaça ta'lim sifatini tubdan yaxşilaş; “Pedagogning maqomi töğrisida”gi qonunni işlab çiqiş va qabul qiliş; hududiy darajada ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantiriş; qozoğistonliklar sifatli oziq-ovqat mahsulotlari iste'mol qilişlari; aholini sifatli va arzon uy-joy bilan ta'minlaş zarurligini ta'kidlab ötgan.

Nazarboyev davlat boşqaruvi tizimida ham bir qator vazifalarni amalga oşiriş zarurligini aytib ötgan. Jumladan, huquq-tartibot idoralari faoliyatida çuqur va samarali islohotlarni amalga oşiriş, sud tizimini yanada modernizatsiyalaş; davlat idoralari işi samaradorligini tubdan yaxşilaş; korrupsiyaga qarşi faol kuraşni davom ettiriş; hukumat va barça davlat idoralari işida rasmiyatçilik va qoğozbozçilikni kamaytiriş lozimligi ta'kidlab ötilgan.

Qozoğiston prezidenti mamlakatni muvaffaqiyatli rivojlantiriş uçun faol taşqi siyosatni olib boriş zarurligini qöşimça qilgan.