Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya shahzodasi Rossiya va Xitoy neft bozoridan «yo‘q bo‘lib ketishini» taxmin qildi
Foto: Saudi Royal Court
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad Ol Saudning fikricha, kelajakda global neft bozori sezilarli darajada qisqaradi. Bu haqda u Bloomberg agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning aytishicha, neftga bo‘lgan talab 2030 yilgacha o‘sishi mumkin. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili talab 1-1,5 foizga oshadi. 2030 yildan so‘ng, Ol Saudning aytishicha, talab tushishi ehtimolga yaqin. Shahzodaning Saudiya Arabistoni hisob-kitoblariga asosan qo‘shimcha qilishicha, bu vaqtga qadar Xitoy va Rossiya kabi «ko‘plab» neft qazib oluvchilari yo‘qoladi.
«Bizning fikrimizcha, Xitoy besh yildan keyin agar ishlab chiqaruvchi sifatida yo‘qolib ketmasa ham, qazib olishni keskin kamaytiradi... 19 yildan keyin Rossiyada neft qazib olish 10 million barrel bilan agar yo‘q bo‘lib ketmasa, keskin kamayadi», - dedi Ol Saud.
Shu bilan birga, uning qayd etishicha, Saudiya Arabistoni uchun ushbu ssenariyda «xavflar yo‘q» va kelgusi yigirma yilda neftga bo‘lgan talab saqlanib qoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni shahzodasi neft bilan bog‘liq bo‘lmagan yirik bitim haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
20:52 / 25.03.2026
Saudiya yetakchisi Trampni Erondagi urushni davom ettirishga undamoqda – New York Times
15:13 / 24.03.2026
Saudiya AQShga aviabazani ochdi, BAA esa Eron aktivlarini cheklamoqda
08:17 / 20.03.2026
Neft gigantlari: dunyodagi eng yirik xom neft qazib oluvchilar
20:13 / 19.03.2026