Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Tibbiyot sohasida davlat xizmatlari körsatişning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjatga köra, yuridik şaxslarga tibbiy faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyaning berilişida quyidagilar talablar va şartlar hisoblanadi:

a) quyidagilarning mavjudligi:

boş şifokorda – oliy tibbiy ma'lumot va malakaviy toifa, boşqa vraç-mutaxassislarda tegişli tibbiy mutaxassislik böyiça oliy ma'lumot
va malakaviy toifa;

statsionar turdagi nodavlat tibbiy taşkilotda operatsiya bölimi taşkil etilgan taqdirda operatsiya qiluvçi vraçda – kamida birinçi malakaviy toifa;

xorijiy mutaxassis jalb etilgan taqdirda operatsiya qiluvçi vraçda kamida yetti yillik iş staji yoki yetakçi tibbiy muassasalar yoki klinikalarning operatsiya qiluvçi vraçining zarur kasbiy könikmalarga ega ekanligini tasdiqlovçi tavsiyanomasi;

mutaxassis-vraçlarda belgilangan tartibda olingan malaka oşiriş böyiça amaldagi sertifikat;

xorijiy bilim yurtini tamomlagan mutaxassisni işga jalb qilişda xorijiy mamlakatlarda olingan ma'lumoti töğrisidagi hujjatlarning nostrifikatsiyasi (ekvivalentligini belgilaş) haqidagi guvohnomaning davlat namunasi;

xorijiy bilim yurtini tamomlagan mutaxassisni işga jalb qilişda mutaxassisligi böyiça malakasini tasdiqlovçi hujjat;

litsenziya da'vogarida – da'vogarga mulkçilik asosida yoki boşqa mulkiy huquqlar böyiça tegişli bölgan, sanitariya qoidalari, me'yorlari
va gigiyenik normativlarga mos bölgan litsenziyalangan faoliyat turini amalga oşirişga möljallangan xonalar;

litsenziya da'vogarida – da'vogarga mulkçilik asosida yoki boşqa mulkiy huquqlar böyiça tegişli bölgan, tegişli metrologik me'yorlar va texnika xavfsizligi me'yorlariga mos bölgan uskunalar va boşqa texnika vositalari, şu jumladan, tibbiy texnika;