Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston aholisi prezident qarorlari ijrosi qanday amalga oshirilayotganini nazorat qilishi mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda prezident qarorlari ijrosi yuzasidan aholi, senatorlar, deputatlar, tadbirkorlik sub'yektlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jamoatchilik nazorati mexanizmining amalga oshirilishini ta'minlovchi portal tashkil etiladi.
Bu haqda davlat rahbarining «Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida aytiladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati doirasida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarorlari ijrosi yuzasidan aholi, senatorlar, deputatlar, tadbirkorlik sub'yektlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jamoatchilik nazorati mexanizmining amalga oshirilishini ta'minlovchi «Jamoatfikri.uz» portalining tashkil etilishi va yo‘lga qo‘yilishini ta'minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yil 1 yanvardan majlis va yig‘ilishlarni o‘tkazish yangicha tartibda amalga oshirilishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
13:12 / 18.06.2026
Prezident yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish muhimligini ta’kidladi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026