Xitoy hokimiyati Interpol prezidenti va şu davlat fuqarosi Men Xunveyni korrupsiyada ayblamoqda. Bu haqda şanba kuni Le Parisien gazetasi «bir qator manbalardan olingan va biri birini tasdiqlovçi ma'lumotlar»ga asoslanib xabar bergan.

Gazeta ilgari surayotgan taxminga köra, Men Xunveyga nisbatan «kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasida faoliyat körsatayotgan kompaniyalardan biriga şartnoma olişda noqonuniy yordam beriş» ayblovi qöyilişi mumkin. Bir vaqtning özida naşr «Fransiyadagi bir qator işonçli manbalar 2016 yilning oxirida Interpol rahbari etib saylangan Men Xunveyni Xitoyda korrupsiyaga qarşi kuraş kampaniyasini ötkaziş bahonasida lavozimni çetlaştirişi mumkinligini aytişayotgani»ni qayd etgan.

Juma kuni Xitoyning South China Morning Post gazetasi jurnalistlarda mavjud ma'lumotlarga köra, Men Xunvey Xitoyda tergov ostida ekanligini ma'lum qildi. Naşr ma'lumotlariga köra, Interpol prezidentini Xitoyga 29 sentabr kuni uçib kelganidanoq söroqqa olib ketişgan. U ayni paytda qayerdaligi, söroqqa tutiş uçun qanday asoslar borligi haqidagi axborot berilmayapti.

Sirli yöqoliş

Interpol prezidenti Men Xunvey 29 sentabr kuni Stokholmdan Xitoyga aviareys bilan jönagan. Sönggi marta u ötgan şanba kuni aloqaga çiqqan, deb yozadi AFP agentligi. Lion şahri prokuraturasi (Fransiyaning markaziy qismi) Interpol prezidentining «taşviş tuğdiruvçi holatda bedarak yöqolişi» tufayli suriştiruv işlarini boşlagan. Suriştiruv işlarini olib boriş Hududlararo maxsus yuridik guruhga topşirilgan.

Europe1 radiostansiyasining ma'lumotlariga köra, ayni paytda Interpol ştab-kvartirasi joylaşgan Lion şahrida farzandlari bilan istiqomat qilayotgan Men Xunveyning rafiqasi tergovçilarga allaqaçon körsatma bergan. Boz ustiga, u öziga telefon orqali ruhiy bosim va qörqitiş uyuştirilayotgani, qönğiroq qilayotganlar xitoy tilida gapirişayotganini aytib ötgan. Le Monde gazetasining ma'lumotlariga köra, Men Xunveyning rafiqasi Frantsuz hokimiyatiga özini himoyalaşni sörab murojaat qilgan va uning iltimosi qondirilgan.

Xalqaro politsiya taşkilotidagilar esa juma kuni TASS muxbiri savollariga javob berişar ekan, xitoy vakilining yöqolişi «Fransiya va Xitoydagi tegişli organlarning vakolatiga kiradi», deya ta'kidlaşgan. Interpoldagilar şuningdek, taşkilotning asosiy faoliyati bilan prezident emas, boş kotib şuğullanişini ham eslatib ötişgan.

Şanba kuni Interpol XXR hokimiyatiga taşkilot prezidenti Men Xunveyning turgan joyi borasidagi ma'lumotni aniqlaştiriş uçun rasmiy sörov yuborgan. Interpol huquq-tartibot organlarining rasmiy kanali orqali Xitoy hukumatidan Men Xunveyning statusiga aniqlik kiritişni söragan, deyiladi bayonotda. Unda Interpol boş kotibi Yurgen Ştok prezidentning ahvolidan taşvişlanişni bartaraf etiş uçun Xitoy hokimiyatidan rasmiy javobni kutayotgani alohida qayd etilgan. Bu bayonot taşkilot boş kotibining Twitter’dagi sahifasida, şuningdek, Interpolning saytida joylaştirilgan.