Interpol prezidenti Men Xunveyning yöqolişini tergov qilayotgan Fransiya politsiyasi uning oilasini himoya ostiga oldi.
Fransiya içki işlar vazirining ma'lum qilişiça, Xunveyning oilasi Interpol boş qarorgohi joylaşgan Lion şahrida kuzatuv ostiga olingan. Bunga Xunveyning rafiqasiga telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali tahdidlar qilinayotgani sabab bölgan.
Xunvey 25 sentabrda yurtiga ta'til olgani borganida izsiz yöqolgan. U 1972 yildan beri Xitoy hukumatida turli lavozimlarni egallab kelgan.
OAVning ma'lum qilişiça, Interpol rahbari Xitoy hukumati tomonidan hibsda uşlab turilibdi. South China Morning Post naşrining ta'kidlaşiça, Xunvey Xitoyga kelişi bilanoq söroq qilingani uşlangan. Uning yöqolgani haqida rafiqasi ma'lum qilgan.













