Global isiş tufayli London kuçli suv toşqini ostida qoliş xavfida. "Nasroniylar yordami" jurnalida keltirilgan ma'ruzada şu haqida ma'lum qilingan.

Manbada ta'kidlanişiça, global isiş natijasida havo harorati 1,5 darajadan ortiqqa isigan taqdirda, dengiz sathi 40 santimetr va undan-da köproqqa kötarilişi mumkin. Ekspertlarning sözlariga köra, bu kabi iqlim özgarişlari sababli qator yirik şaharlardagi muammolar, xususan yer yuzasining pasayişi va notöğri loyihalaştiriş vaziyatni yanada murakkablaştiradi.
Hujjatda keltirilişiça, Buyuk Britaniya poytaxti hukumati tobora köproq şaharning suv toşqinidan asosiy himoyasi hisoblangan Temza tösiğidan foydalanişga majbur bölmoqda. Töğon endigina qurilgan 1984 yilda undan yiliga uç martadan ortiq foydalanmaslik rejalaştirilgan edi, bugunga kelib esa u yiliga olti-yetti marta qöllanilmoqda.

Foto: Getty Images
Bundan taşqari, ekspertlar ma'lumotlariga köra, Xyuston, Şanxay, Bangkok, Jakarta, Manila, Laos va Dakka kabilar ham suv toşqini xavfi ostida.












