Xiva şahar hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjaliklari masalalari böyiça örinbosari O.Ş. pora olayotganida uşlandi, deb xabar beradi Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati.

O.Ş. fuqaro A.Z.ga qişloq xöjalik maxsulotlarini quritiş, qayta işlaş sexi va omborxonasi qurilişi uçun 1 000 kv.m. yer uçastkasi ajratilişida yordam bergani uçun 2 000 AQŞ dollari miqdorida pora talab qilayotganligi töğrisidagi murojaat asosida, 2018 yil 6 oktabr kuni viloyat IIB JQB Korrupsiyaga qarşi kuraşiş bölimi  va prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Xiva şahri bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir natijasida, 2 000 AQŞ dollarini pora tariqasida olayotganida, jinoyat ustida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Xiva şahar hokimi örinbosari lavozimida işlagan O.Ş.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (Pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, uning özi ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.  

Ayni paytda, 2017 yil yanvar oyida qabul qilingan “Korrupsiyaga qarşi kuraş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunining ijrosini ta'minlaş maqsadida, pora oliş, pora beriş yoki pora oliş berişda vositaçilik qiliş bilan boğliq jinoyatlarni aniqlaş hamda ularga nisbatan qonuniy çoralar köriş borasida maqsadli çora-tadbirlar davom etmoqda, deyiladi IIB matbuot xizmati xabarida.