Vazir ombordagi yong‘in va undan so‘ng yuz bergan portlashlarni Pridnestrovedagi urush, Gruziyadagi qurolli mojaro, Qrimning qo‘shib olinishi, Ukraina sharqidagi ziddiyat, Suriyadagi urush, «London, Kiyev, Solsberidagi qotilliklar», Niderlandiyadagi xakerlik hujumlari va «butun dunyo bo‘ylab» saylovlarga aralashish bilan bir qatorga qo‘ygan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hodisalarning barchasini Rossiya tomoni o‘zida birlashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donbass bo‘yicha muzokaralarga rus tilida gapirishdan bosh tortuvchi Ukraina prezidenti yuborilishi xabar qilingandi.