Buyuk Britaniya hukumati tomonidan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlaşda ayblanayotgan rossiyaliklar Aleksandr Petrov hamda Ruslan Boşirov sobiq zobitni Çexiya Respublikasida kuzatib borişgan. Bu haqda «Çexiya radiosi» razvedka xizmatlaridagi manbaga asosan xabar qildi.
Radiostansiya ma'lumotlariga köra, rossiyaliklar 2014 yilning oktabrida Çexiya Respublikasiga borişgan. Xususan, Petrov 2014 yil 13-16 oktabr kunlari Ostrava şahridagi mehmonxonada bölgan, söng Pragaga jönab ketgan. Manba ma'lumotlariga köra, Boşirov 11 oktabr kuni Çexiya poytaxtiga yetib borgan.
Skripal esa öşa yilning oktabr oyi ikkinçi yarmida Çexiyaga borib, uşbu davlat razvedkasi bilan uçraşmoqçi bölgan, deb xabar qiladi radiostansiya. Iddao etilişiça, aynan Çexiya razvedkasi zobitlari GRU sobiq polkovnigiga kuzatuv olib borilayotganini aniqlaşga yordam berişgan.
Bundan taşqari, «Çexiya radiosi»ning bildirişiça, Petrov va Boşirov mamlakatdan çiqarib yuborilgan ham bölişi mumkin. Bu borada aniq ma'lumot yöq, lekin 2014 yilda Çexiya rasmiylari «xavfsizlik sababi» bilan mamlakatdan uç nafar rossiyalikni çiqarib yuborgan.
May oyida ommaviy axborot vositalari Sergey Skripal Çexiya razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilgani haqida yozgandi. Öşanda u 2012 yilda Pragada bölgani xabar qilindi.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Aleksandr Petrov»ning haqiqiy ismi ma'lum qilingandi.


















