Har bir jamiyatda turfa toifalar mavjud. Bu öz-özidan tuşunarli — Yaratgan Zot hammani turliça yaratgan. Dunyo — rang-barang. Mazkur maqola doirasida biz ikki toifa töğrisida söz yuritamiz.
Birinçi toifa
Bir toifa kişilar bor — ular jamiyatning aksar qismini taşkil qiladi — jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar bilan unçalik işlari bölmaydi. Qulay iş joyi, yaxşi maoş, köp tergamaydigan rahbar, hovli-joy, bola-çaqa taşvişlari — mazkur toifaning urinişlari, intilişlari va qiziqişlari doirasini taşkil etadi. Özlari yaşayotgan jamiyatning hayoti, muammolari, mazkur jamiyatning binosi qanday qurilgani, uni isloh qiliş masalalari — bular haqida bu toifa kişilar özlarini, aql va qalblarini köp urintirmaydilar. Bunday kişilar nazdida, mazkur «ulkan» masalalarning taşvişini iqtidori benihoya ulkan bölgan, «yuqorida turgan» «kimlardir» qilişlari lozim va albatta, ularning nazdida, bu «ulkan kişilar» buni oliy maqomda qilyaptilar ham. Özlarini esa atrof-voqelikda bölayotgan işlar uçun mas'ul deb bilmaydilar.
Tabiiyki, mazkur dunyoqaraş bu toifaning jamiyatda tutgan örnini va umuman yaratuvçanlik iqtidorini muvofiq ravişda belgilaydi — jamiyatda yuz beradigan heç bir islohot ularning faol iştiroki bilan köp ham ozuqalanmaydi. Aksinça, islohot ehtiyoji özi aynan şu toifaning befarqligidan paydo böladi, çunki, ma'lumki, befarqlik muammolarning kelib çiqiş sababidir.
Ustiga-ustak, qiziqişlari ayriça bölgani boisidan, bu toifa kişilar kun tartibida turgan islohotlar mohiyatini köpinça ilğamaydilar ham, ba'zida esa öziga xos tarzda — buzib, özlariga moslab ta'vil qiladilar.
Ikinçi toifa
Şu bilan birga, har bir jamiyatda ozçilikni taşkil etadigan boşqa bir toifa böladi.
Bu toifa birinçi toifadan farqli ravişda, oddiy tirikçilik taşvişlari bilan çeklana olmaydi — buni ularning tabiati kötarmaydi. Lönda qilib ta'riflasak, bu kişilar yangi fikr va ğoyalar generatoridir. Insoniyat paydo bölgandan buyon mazkur noyob toifa tamaddunni oldinga siljitib kelgan. Barça ixtirolar, yangi fikriy yönalişlar, ilm-fan rivoji, bir söz bilan aytganda novatsiyalar şu guruhning «tinç ötiriş»ni istamasligi evazigadir.
Jamiyat içida bölayotgan jarayonlar, özi yaşab turgan şahri muammolaridan tortib dunyoda bölayotgan hodisotlar — bular haqida bu kişilar rostakamiga jon kuydirişadi va har qanday islohotlarda bevosita iştirok etişga urinişadi.
Ammo bu yerda bir «ammo» bor!












