Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonada dunyo va an'anaviy dinlar yetakçilarining VI qurultoyini oçdi. Nazarboyev Ostonada avvalgi qurultoylarda qabul qilingan qarorlar katta ta'sirga ega bölganini aytgan.
“Bu muhim, çunki dunyo, afsuski, turbulent holatga kirdi. Barçamizni, siyosatçi va diniy arboblarni, sanksiyaviy qarama-qarşiliklar, dinlararo, dinlar içidagi ziddiyatlar, savdo uruşlari, atrof-muhitning ifloslanişi taşvişlantirmasligi mumkin emas. Madaniyatlararo ixtiloflar hozirgi ilmiy-texnologik taraqqiyot fonida bema'ni körinadi. Biroq insoniyatning kelajagi körinişi, biz umumiy sayyoramizni bölğusi avlodlarga qanday körinişda topşira olişimiz hozir şakllanmoqda. Biz 3-mingyillikda 18 yil yaşayotganimizga qaramay, tinçlik, farovonlik va töqçilik insoniyatni rivojlantirişning asosiy tendensiyalari böla olmadi. Dunyo hamjamiyati özaro işonçsizlik, adovat va ixtilofga borişning mudhiş doirasidan çiqa olmadi. Biz davlatlar va siyosiy bloklar örtasidagi vaziyat nafaqat töğirlangani, balki yomonlaşganini, yangi devorlar, temir tösiqlar barpo etilayotganini körmoqdamiz”, deb aytgan Qozoğiston prezidenti.
Nazarboyev öz nutqida Qozoğiston an'anaviy tarzda davlatlar örtasidagi işonçni tiklaş, mustahkamlaş ustida işlayotganini qayd qilib ötgan.
Joriy yilda qurultoy “Diniy yetakçilar xavfsiz dunyo uçun” mavzusida ötmoqda. Ikki kun davomida forum iştirokçilari dinning zamonaviy dunyodagi roli, barça dinlarning asosiy ma'naviy qadriyatlarini muhokama qilişadi. Qurultoy ötkazilişi munosabati bilan Ostonaga eng yirik konfessiyalar va dinlar yetakçilari taşrif buyurişgan.
Xalqaro forumni ötkaziş ğoyasi Nursulton Nazarboyevga tegişli bölib, 15 yil avval, 2003 yilda Ostonada dunyo va an'anaviy dinlar yetakçilarining birinçi qurultoyi bölib ötgan. Öşandan beri forum har uç yilda bir marta Ostonada ötkazib kelinadi.













