Şimoliy Koreya egalik qiladigan foydali qazilmalar zaxirasi 3,3 trln dollarga baholandi. Bu Janubiy Koreyanikidan 15 marta köproqdir, deb aytilgan Janubiy Koreyaning Ma'danli zaxiralar korporatsiyasi dokladida.
Dokladga köra, Şimoliy Koreya 6 mlrd tonna magnezit, 2 mln tonna grafit va 250 ming tonna volframga ega. Pxenyan ularni qazib oliş böyiça xorijiy kompaniyalar bilan 40 ta kelişuv imzolagan. Bu kompaniyalardan 90 foizi Xitoy kompaniyalaridir.
Janubiy Koreyaning hukmron Demokratik partiyasi “Toburo” deputati Pak Çjun Xitoyning Şimoliy Koreyaning foydali qazilmalari bozorida yetakçilik qilayotganidan xavotir bildirgan va Seulni bu qazilmalar olinişiga iloji boriça tezroq qöşilişga çaqirgan.
“Agar Janub Şimolning zaxiralariga ruxsat olsa, unda biz bir neça asr davomida ulardan barqaror foydalana olamiz”, deb aytgan deputat. Uning ta'kidlaşiça, hukumat tezkorlik bilan tegişli çoralar qabul qilişi lozim.
Şimoliy Koreya protsessorlar, smartfonlar va boşqa yuqori texnologik mahsulotlarni tayyorlaşda qöllanuvçi noyob metallarning dunyodagi eng katta zaxiralariga ega. Şu bilan birga, uşbu davlatla bu zaxiralarni qazib olişga möljallangan zamonaviy qurilmalar deyarli yöq. Bundan taşqari, Pxenyanga BMT sanksiyalari sababli bu foydali qazilmalarni sotiş taqiqlangan.

















