2018 yilning 8 oyi mobaynida Oltoy ölkasi va Oltoy Respublikasi jami oğirligi 260,9 ming tonna bölgan 420 ming kub metr yoğoçni 62,3 million dollarga teng eksport qildi, deya xabar beradi «Eksporteri Rossii».
Oltoy bojxonasi ma'lumotlariga köra, yoğoçlarning aksariyati Xitoyga (38,9%), Afğonistonga (30%) va Özbekistonga (28,5%) yetkazib berilgan. Uşbu mamlakatlar eksport qiymati hajmining 97,5 foizini taşkil qilgan.
Qayta işlangan yoğoçning yetkazib berilgan hajmi - 410,5 ming kubometr, 61,3 mln. AQŞ dollari.
2018 yilning 8 oyida Oltoy ölkasi va Oltoy Respublikasini nazorat qiluvçi Oltoy bojxonasida yoğoçga eksport qiliş uçun 3488 deklaratsiya rasmiylaştirilgan, bu 2017 yilga nisbatan 12 foizga köpdir.

















