Tanzaniyada noma'lum kişilar 43 yoşli siyosatçi va bisnesmen, Afrikaning eng yoş milliarderi deb e'tirof etiluvçi Muhammad Dyujini öğirlab ketişdi. Bu haqda mamlakatning eng yirik şahri Dar-as-Salom politsiyasi ma'lum qilgan.  

Ta'kidlanişiça, Dyujiga 11 oktabrda ertalab  Oyster Bay tumanidagi Colosseym fitnes-klubiga maşğulotga kelayotganda hujum qilişgan. Şunisi ma'lumki, jinoyatçilar ertaroq kelib, milliarderni kutib ötirişgan.

Guvohlarning aytişiça, ikki nafar oq tanli erkak Dyujini Toyota Surf markasidagi yöltanlamasga tiqib, noma'lum yönalişda olib ketgan. Bosqinçilar guvohlarni çöçitiş uçun havoga öq uzişgan.

Ma'lum qilinişiça, şu sababli mahalliy politsiya barça aeroportlar va şahardan çiqiş joylarini tösib qöygan. Milliarderni öğirlaş gumoni bilan 3 kişi hibsga olingan, ularni jinoyatni sodir etişga undagan sabab noma'lum bölib qolgan. 

Dyuji Tanzaniyaning töqimaçilik va oziq-ovqat sanoati korxonalarini birlaştiruvçi METL kompaniyasiga egalik qiladi. 

Forbes jurnali 2018 yil fevral holatiga köra, biznesmenning boyligini 1,5 mlrd dollarga baholagan. U Afrikaning eng badavlat odamlari röyxatida 17-örinni egallaydi va “qora” qit'adagi eng yoş milliarder hisoblanadi.