Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaning Donbass bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatladi
Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauertning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukraina hukumatining Donbassning alohida maqomi to‘g‘risidagi qonunni uzaytirganiga oid qarorini ma'qullaydi. Nauertning so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.
AQSh Tashqi siyosat idorasining vakili Ukraina parlamenti va ushbu mamlakat rahbariyatini qonun qabul qilingani bilan tabrikladi.
«Ushbu qonunning uzaytirilishi... Ukrainaning ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal etish va Minsk kelishuvlarini bajarishga qat'iy bel bog‘laganini ko‘rsatib beradi», - deyiladi Nauertning bayonotida.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya mintaqada harbiy keskinlikni kamaytirishga qaratilgan Minsk kelishuvlarini bajarishda «muvaffaqiyatsizlikka uchradi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina sobiq bosh vaziri mamlakatda hokimiyat tez orada o‘zgarishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
17:54 / 30.06.2026