Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida “Lasetti” rusumli avtomaşina haydovçisi uç qizni urib yuborgani haqidagi videolavha tarqaldi. 

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasidan olingan ma'lumotga köra, şu yilning 9 oktabr kuni soat 21.30da Samarqand şahar Registon köçasida joylaşgan “Mö'jiza” bazmgohi qarşisidan ötuvçi avtomobil yölida haydovçi Q.I. boşqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomaşinasi Panjakent köçasi tomondan Dahbed köçasi tomonga boşqarib borayotib, avtomaşina yönalişi bilan yölning çap tomonidan öng tomoniga piyodalar yölagidan yölni kesib ötayotgan uç qizni urib yuborgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, yöl-transport hodisasida Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanida tuğilib ösgan, Samarqand Davlat çet tillar instituti 2-bosqiç talabalari 1994 yilda tuğilgan U.X., 1996 yilda tuğilgan U.I., 1996 yilda tuğilgan U.O. turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilganlar. 

Qayd etilişiça, hozirda ularning salomatliklarni tiklaş yuzasidan tibbiy muolajalar amalga oşirilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.