Özbekistonda Byudjyet taşkilotlarida mehnatga haq tölaş tizimini yanada takomillaştiriş konsepsiyasi işlab çiqiladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 13 oktabrda e'lon qilingan farmonida aytib ötilgan.
Hujjatga muvofiq, Özbekiston hukumati Byudjyet taşkilotlarida mehnatga haq tölaş tizimini yanada takomillaştiriş konsepsiyasini işlab çiqadi va 2019 yil 1 sentabrga qadar muddatda kiritilişini ta'minlaydi. Uşbu konsepsiya xalqaro moliyaviy institutlar bilan birgalikda mehnatga haq tölaş miqdorining uning natijalari, bajarilayotgan mehnat funksiyalarining murakkabligi va mas'uliyati bilan yanada uzviy boğliqligini ta'minlaşni nazarda tutadi.
Bundan taşqari, farmon bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
- mehnatga haq tölaş yagona tarif setkasining quyi razryadlari tarif koeffitsiyentlarini örtaça 10 foizga, şu jumladan, 1-razryad böyiça 15 foizga, 2-razryad böyiça 10 foizga va 3-razryad böyiça 5 foizga oşiriş orqali mehnatiga kam haq tölanadigan xodimlarning iş haqi miqdorining jadal ravişda oşirilişini közda tutgan holda 2019 yil 1 yanvardan Mehnatga haq tölaşning yagona tarif setkasini qayta körib çiqiş;
- Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti hisobidan saqlanadigan taşkilotlarda band bölgan universal kasblar xodimlari mehnatiga haq tölaşga doir razryadlarni tanqidiy körib çiqiş va 2019 yil 1 yanvaridan ularning yangilanganlarini joriy etiş vazifalari ham yuklatildi.

















