2018 yilning 18 oktabr kuni «Yangi iqtisodiyot uçun yangi kadrlar» Rossiya-Özbekiston birinçi ta'lim forumi doirasida Olmaliq şahrida Rossiyaning “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filiali oçiladi. 

Olmaliqdagi filial universitetning oltinçi filialiga aylanadi. “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” Özbekistonda öz bölinmasiga ega Rossiyaning törtinçi oliy ta'lim muassasasi böladi.

Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, tantanali oçiliş marosimida bir qator yuqori mansabli şaxslar iştirok etadi. Ular orasida Rossiya fan va oliy ta'lim vaziri Mixail Kotyukov, Özbekiston oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov, «MISiS» rektori Alevtina Çernikova, «OTMK» AJ boşqaruvi raisi Abdullo Xursanov bor.

Bundan taşqari, marosimda asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik milliarder, USM Holdings aksiyadorlik jamiyati ta'sisçisi va rahbari Alişer Usmonov ham iştirok etişi kutilyapti.

Ma'lumot uçun: mazkur ta'lim dargohida respublikaning işlab çiqariş-sanoat tarmoği uçun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlanadi.

2018-2019 öquv yilining kunduzgi bölimi uçun «Toğ işi», «Metallurgiya», «Işlab çiqariş va texnologik jarayonlarni avtomatlaştiriş hamda boşqariş» yönalişlarida 150 nafar talaba qabul qilindi.

Uşbu oliy ta'lim dargohida ta'lim beriş jarayoniga mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda Rossiyadagi va xorijdagi yetakçi oliy öquv yurtlarida pedagogik tajribaga ega bölgan rossiyalik öqituvçilar ham jalb etilgan.

Filial bitiruvçilariga Özbekiston va Rossiyada oliy ta'lim töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan “MISiS” MTTUning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Olmaliqda “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filiali öz faoliyatini boşladi