Pompeo hozirgi vaqtda Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi, u Qoshiqchi bilan sodir bo‘lgan hodisa haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lmoqchi. Avvalroq, ommaviy axborot vositalari jurnalist Turkiyadagi Saudiya konsulxonasida o‘ldirilgani haqida xabar qilgandi. Ta'kidlanishicha, Saudiya hukumati bu hodisaga aralashgan bo‘lishi mumkin.

«Bugungi uchrashuvlarda Saudiya yetakchilari Istanbuldagi konsullikda sodir bo‘lgan voqealar haqida ularda ma'lumot bor ekani haqidagi xabarlarni keskin rad etishdi», - dedi Pompeo.

Shuningdek, uning qayd etishicha, mamlakat vakillari ro‘y bergan voqeaga oydinlik kiritishga «qat'iy bel bog‘laganlar».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya podshohi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan gaplashgandi.