18-19 oktabr kunlari Toşkent şahrida Özbekiston va Rossiya yetakçi oliygohlari taşabbusi bilan Özbekiston-Rossiya ta'lim forumi bölib ötadi. Forumda ikki mamlakat prezident ma'muriyatlari xodimlari, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri, Rossiya Federatsiyasi ta'lim va ilm-fan vaziri, şuningdek ikki davlat OTMlarining 80 nafar rektori iştirok etadi.

KUN.UZ muxbirining Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning sözlariga asoslanib xabar berişiça, Özbekiston-Rossiya ta'lim forumi davomida ikki mamlakatning tibbiyot yönalişida faoliyat yurituvçi oliy ta'lim muassasalari örtasida qator hujjatlar imzolanişi kutilmoqda. Jumladan:

  • I.M.Seçenov nomli Birinçi Moskva davlat tibbiyot universiteti va Toşkent davlat stomatologiya instituti örtasida Anglaşuv memorandumi;
  • Sankt-Peterburg davlat pediatriya universiteti va Toşkent pediatriya tibbiyot instituti örtasida "pediatrlik işi" ixtisosligi böyiça qöşma xalqaro dasturni yaratişga doir kelişuv;
  • Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti va Toşkent farmatsevtika instituti örtasida hamkorlik bitimi;
  • Astraxan davlat tibbiyot universiteti va Samarqand davlat tibbiyot instituti örtasida hamkorlik kelişuvi;
  • Astraxan davlat tibbiyot universiteti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti örtasidagi hamkorlik bitimi;
  • Kursk davlat tibbiyot universiteti va Toşkent tibbiyot akademiyasi örtasidagi hamkorlik kelişuvi;
  • Kursk davlat tibbiyot universiteti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti örtasidagi hamkorlik bitimi;
  • Doğiston davlat tibbiyot universiteti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti örtasidagi hamkorlik kelişuvi;
  • Kuban davlat tibbiyot universiteti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti örtasidagi hamkorlik bitimi.

 Özbekiston-Rossiya xalqaro forumning maqsadi - ilmiy-tadqiqiy faoliyat va  yuqori malakali kadrlarni tayyorlaşga doir hamkorlikni yangi bosqiçga kötariş. Forum Özbekiston va Rossiya oliy ta'lim muassasalari örtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytiriş böyiça dolzarb vazifalarni oçiq va keng muhokama qiliş uçun platforma bölib xizmat qiladi.

Şuningdek konferensiya davomida kafedralarning qöşma fakultetlarini yaratiş, pedagog va professorlar malakasini oşiriş, qöşma ilmiy tadqiqotlar ötkaziş, öquv va ilmiy adabiyotlar almaşuvi, boşqa yönalişlardagi hamkorlik masalalarini muhokama qiliş rejalaştirilmoqda.