Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning Özbekistonga taşrifi doirasida bölib ötayotgan forum ikki mamlakatning ta'lim va ilm-fan sohasidagi hamkorligini yanada mustahkamlaşga va oxir-oqibat davlatlararo munosabatlarning çuqurlaşuvi yölida xizmat qilişga yönaltirilgan.

Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning KUN.UZ muxbiriga xabar berişiça, 18-19 oktabr kunlari bölib ötadigan Özbekiston-Rossiya ta'lim forumi sessiyalari doirasida umumiy hisobda 127ta kelişuv imzolanişi kutilmoqda.

Toşkent şahrida Rossiyaning yetakçi oliygohlaridan biri Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti ("MGIMO") filialini taşkil qiliş, Toşkent kimyo-texnologiya instituti bazasida esa Rossiyaning D.I.Mendeleyev nomidagi kimyo-texnologiya universiteti filialini işga tuşiriş rejalaştirilmoqda. Forum doirasida şunga doir hujjatlar imzolanadi. 

Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti
Foto: Getty Images

Şuningdek, ta'lim forumi davomida "MIFI" milliy tadqiqot yadroviy universiteti, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi örtasida uç tomonlama şartnoma imzolanadi. 

Bundan taşqari, Özbekiston va Rossiya poytaxtlari hamda viloyatlaridagi qator universitetlar örtasida özaro hamkorlik örnatişga doir köplab bitimlar imzolanişi kutilmoqda. 

Ta'kidlaş joizki, 18-19 oktabr kunlari Toşkent şahrida Özbekiston va Rossiyaning yetakçi oliy ta'lim muassasalari taşabbusi bilan Özbekiston-Rossiya ta'lim forumi bölib ötadi. Forumda ikki mamlakat prezident ma'muriyatlari xodimlari, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri, Rossiya Federatsiyasi ta'lim va ilm-fan vaziri hamda ikki davlat oliygohlarining 80 dan ortiq rektori iştirok etadi.