Jahon | 15:00 / 21.10.2018
7788
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropada Saudiyani Qoshiqchi o‘limi bo‘yicha ma'lumotlarni oshkor qilishga chaqirishmoqda

Foto: Reuters

Belgiya Tashqi ishlar vaziri Dide Reynders Saudiya Arabistoni hukumatini muxolifatchi jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi bo‘yicha bor tafsilotlarni oshkor etishga chaqirmoqda. Bu haqda u o‘zining tvitterdagi sahifasida yozgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir jurnalistlarni tahdidlardan himoyalashning ayni vaqtidir.

«Biz Saudiya Arabistoni hukumatini Jamol Qoshiqchi o‘limi voqeasiga oydinlik kiritishga chaqiramiz», degan Reynders.

U Saudiya hukumati bundan keyin bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘rishi kerakligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Amerikadagi Washington Post gazetasi uchun maqolalar yozgan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Turkiyada, Saudiyaning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga kirganidan keyin g‘oyib bo‘lgan. Jurnalistning qaylig‘i so‘zlariga ko‘ra, tashqarida uni 5 soat kutgan, keyin ichkaridagilar u allaqachon ketgani, uni kutish shart emasligi haqida aytishgan.

20 oktabrda Saudiya Arabistoni Istanbuldagi konsulligida jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘lganini tan oldi. Jurnalistning ishi bo‘yicha mamlakatning 18 fuqarosi qo‘lga olingan. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud Umumiy razvedka xizmati rahbari o‘rinbosari, general Ahmad Asiriyni ishdan bo‘shatgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid