Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida sport kuraşlari böyiça jahon çempionati start oldi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qömitasi.

Bugun erkin kuraş böyiça musobaqada medallar uçun bahslar ötkazildi. Quvonarlisi, -74 kg vazn toifasida gilamga çiqqan hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qölga kiritdi.

Abdurahmonov musobaqada gurjistonlik raqibga mağlub bölgandi. Ammo, keyinçalik unda bronza medali uçun kuraş olib boriş imkoniyati paydo böldi. U avvaliga Polşa, keyin esa Ozarboyjon vakillarini mağlubiyatga uçratdi va bronza medali uçun jang qiliş huquqiga ega böldi.

Medal uçun jangda turkiyalik raqibini mağlubiyatga uçratdi va Özbekiston hisobiga uşbu jahon çempionatidagi dastlabki medalni qöşib qöydi.

Bekzod Abdurahmonov ikki marta Osiyo öyinlari ğolibi hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasi 9 vazn toifasidagi erkin kuraşçilar hamda 8 vazn toifasidagi yunon-rum kuraşçilari bilan Vengriyaga yöl olişgan. Uşbu nufuzli musobaqada jahonning 75 dan ortiq mamlakatidan 600 ga yaqin sportçi qatnaşmoqda.