Uestmid tibbiy tadqiqotlar instituti olimlarining körsatişiça, nitratlarga boy sabzavotlar, masalan, lavlagi va salat yaşil barglarini iste'mol qiliş sariq doğ (köz törpardasining köriş nervi oldidagi eng sezgir joyi) degeneratsiyasi erta bosqiçi rivojlaniş xavfini kamaytiradi. Bu haqda MedicalXpress'dagi matbuot uçun xabarnomada aytiladi.

Foto: CC0 Public Domain

Sariq doğ degeneratsiyasi (makulodistrofiya) - yoşga boğliq bölgan kasallik bölib, bunda köriş qobiliyati yomonlaşadi. U 55 yoşdan oşganlarda közi zaiflik yuz berişi bilan boğliq holatlarning taxminan yarmiga sabab sanaladi. Şu bilan birga, köz pardasi hujayralarini oziqlantiradigan tomirlarning ölişi yuz beradi.

15 yil davom etgan uzoq muddatli tadqiqotda 49 yoşdan oşgan ikki mingdan ziyod kişi iştirok etdi. Ma'lum bölişiça, kuniga 100-142 milligramm sabzavot nitrati iste'mol qilganlarda makulodistrofiya paydo böliş xavfi ikki barobarga kamroq iste'mol qilganlarga qaraganda 35 foizga kam bölgan. Uşbu miqdordan oşiş heç qanday qöşimça foyda bermagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq bir kişi qança odamning yuzini eslab qolişi aniqlangandi.