«Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronaldudan YeÇL doirasidagi «MYu»ga qarşi bahs oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida «Real»dagi sobiq jamoadoşi Iskoning fikrlariga munosabat bildirişni söraşdi.

«Qirollik klubi» yarimhimoyaçisi Isko duşanba kuni bergan intervyusida: «Biz inqirozga yeçimni klub taşqarisidan izlamoqçi emasmiz. Bu yerda öynaşni istamaydiganlar uçun yiğlab ötira olmaymiz», - deya ta'kidlagan edi.

«Hammasi joyida. Mening ketganim uçun köz yoş tökiş yaramaydi.

«Real Madrid»dagi faoliyatim qanday keçgani heç kimga sir emas. Hozir muhimi ertangi öyin. Boşqalarning inqirozi haqida fikr bildiriş menga töğri kelmaydi», - degan hujumçining sözlarini keltirib ötdi Mundo Deportivo.

Portugaliyalik futbolçi qariyb bir oydan buyon amerikalik ayol Ketrin Mayorga tomonidan jinsiy zöravonlikda ayblanib kelmoqda. Ayblov haqidagi xabarlar tarqala boşlaganidan beri Ronaldu keça ilk marta jurnalistlar qarşisida paydo böldi.

«Bu vaziyatda yolğon sözlaş niyatim yöq. Baxtli hayot keçiryapman. Huquqşunoslarimning işonçi komil, şu jumladan, özimning ham. Eng muhimi şundaki, men futboldan, öz hayotimdan zavq olib yaşamoqdaman. Bundan taşqari, men haqimda qayğuradigan insonlar bor. Haqiqat, albatta, yuzaga çiqadi», - deya ta'kidlab ötdi Kriştianu Ronaldu.