Internet tarmoğidagi turli saytlar va kanallarda Farğona viloyati, Qöqon şahridagi maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejida tahsil oluvçi bir neça qizga nisbatan jinsiy zöravonlik işlatilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Qöqonda şunday hodisa çindan ham röy bergan, ayni paytda holat böyiça jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmokda.

Boş prokuratura voyaga yetmaganlarning şa'ni, huquq va manfaatlari nuqtai nazaridan iş yuzasidan biror-bir ma'lumot berişni maqsadga muvofiq emas, deb topdi.

Kun.uz’ning voqeadan xabardor manbalari yetkazgan ma'lumotlarga köra, mazkur iş yuzasidan kollej qorovullaridan biri, direktorning ikki örinbosari, boş hisobçi va beş tarbiyaçi uç kun hibsda uşlab turilgan va garov evaziga heç qayerga çiqmaslik şarti bilan qöyib yuborilgan.

Qöqondagi maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejida joriy yilning 24 sentabr kuni şahar prokuraturasi tomonidan anonim sörov ötkazilgan. Sörov natijalariga köra, öqituvçi va kollej xodimlari söroqqa çaqirtirilgan.

Bunday sörovning ötkazilişiga kollejda ta'lim olayotgan 16 yoşli qizning homilador bölib qolişi sabab bölgan. Anonim sörov asnosida bu ta'lim maskanida öqiydigan yana boşqa qizlar ham özlariga jinsiy tajovuz bölganini yozib berişgan.

Sörovda yuzaga çiqqan ma'lumotlar asosida Qöqon şahar prokuraturasi kollejning tarbiyaviy, moliyaviy va taşkiliy holati böyiça taftiş ötkazgan.

Kollej direktori talon-toroj va mansab vakolatini suiiste'mol qiliş, uning haydovçisi, yoşlar yetakçisi va ruhşunosi kollej öquvçi qizlariga nisbatan jinsiy zöravonlikda gumonlanib, hibsga olingan.

Gumonlanuvçilarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «nomusga tegiş», «jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondiriş», «ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş», «mansab vakolatini suiiste'mol qiliş va pora oliş» singari moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan.

Eslatib ötamiz, Farğona viloyati, Marğilon şahridagi 1-Mehribonlik uyida öta oğir jinoyatlar sodir etişda ayblangan sobiq direktor örinbosarlariga hukm çiqarilgani haqida ilgari xabar berilgan edi.