Özbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Germaniyaning JAKO (YaKO) kompaniyasi bilan erişilgan hamkorlik kelişuvi böyiça KUN.UZ muxbiriga batafsilroq ma'lumot berdi. 

Ma'lum bölişiça, JAKO bilan 3 yillik kelişuv tuzilgan va JÇ-2020 sikli yakuniga qadar uşbu kompaniya Özbekistonning turli yoşdagi terma jamoalariga tekinga ekipirovkalar yetkazib beradi. Olimpiya terma jamoasi esa oldinroq erişilgan kelişuv böyiça PRES-JOG tomonidan kiyintiriladi. 

«JAKO bir yilda 365 komplekt yetkazib berib turadi. Hammasi tekinga. Içida 96 xil narsasi böladi, kurtkalaridan tortib, paypoğigaça. Taqqoslaş uçun, Adidas atigi 20 xil kiyimdan iborat komplekt taklif qilgandi.

Osiyo kubogi uçun ham maxsus forma qilib beriladi. Keyinroq, alohida dizayn işlab çiqilib, hamişa şu dizayndagi liboslar kiyiladi», deydi Umid Ahmadjonov.

Qayd etiş kerakki, sentabr oyi boşida ÖFA Adidas bilan şartnoma tuzişi haqida xabar tarqalgandi. Ammo sinov muddatidan keyin bu variantdan voz keçilgan.

25 oktabr kuni Milliy olimpiya qömitasida Özbekiston futbol assotsiatsiyasi va JAKO kompaniyasi tomonidan özaro hamkorlik böyiça kelişuv imzolanadi.

Ma'lumot uçun, Germaniyaning sport kiyimlari, oyoq kiyimlari va aksessuarlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Jako kompaniyasiga 1989 yili Rudi Şpryugelem şahrida asos solingan. Kompaniya dunyoning 40dan ortiq davlatida faoliyat körsatadi. Boş ofisi Germaniya janubi-ğarbidagi Baden-Vyurtemberg yerida, Mulfingen kommunasi, Xollenbax okrugida joylaşgan.

Jako Avstraliya çempionatidagi bir neça klublarni kiyintiradi, şuningdek, Osiyoda Iroq, Iordaniya, Livan, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar va BAAdagi klublar bilan hamkorlik qiladi. Kompaniya Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Xorvatiya, Kipr, Çexiya, Latviya, Niderlandiya, Serbiya, Slovakiya, Şveytsariya, Ukraina, Germaniya, Vengriya, Islandiya, Polşa va Rossiya kabi davlatlarda ham işlaydi.