Rossiya Mudofaa vazirligi boş ştabi rahbariyati 2011 yilda Marşal Biryuzov köçasida joylaşgan idora yotoqxonasida yaşovçi GRU xodimlarining farzandlarini maxfiylaştiriş haqida buyruq çiqargan. Bu haqda jurnalist Sergey Kanev va «Dose» Markazining suriştiruvida aytiladi.
Tadqiqotçilarning ma'lumotiga köra, Britaniya tomoni GRU sobiq zobiti Sergey Skripalni zaharlaşda gumonlayotgan Anatoliy Çepiga Harbiy-diplomatik akademiyada tahsil olgan paytda uşbu yotoqxonada istiqomat qilgan.
Maxfiylaştiriş quyidagiça röy bergan - yotoqxonada yaşovçi barça 56 nafar bolaning «tuğilgan sanasi» ustunida haqiqiy yoşga 100 yildan qöşib qöyişgan. Ya'ni, 2005 yilda tuğilganlar 1905, 2010 yildagilar esa 1910 yil, deb yozilgan.
«Harbiy idoradagi manbaga köra, Pensiya jamğarmasi navbatdagi marta pensionerlar röyxatini tekşirganida va kutilmagan tarzda ikki uyda yaşab kelayotgan, hisobga olinmagan yuz yoşlilarni aniqlaganda oşkor böldi. Rossiya Pensiya jamğarmasi xodimlari buni qandaydir firibgarlik sxemasi deb öylaşgan hamda hatto politsiyaga murojaat qilişmoqçi bölgan, biroq Mudofaa vazirligi öz vaqtida aralaşdi va gap nimada ekanligini tuşuntirib berdi», - deyiladi «Dose» Markazi xabarida.
Eslatib ötamiz, avvalroq harbiy universitet hurmat taxtaçasida Skripalni zaharlagan şaxsning surati aniqlangandi.


















