Özbekistonda qayta işonçnoma beriş huquqi bilan avtomobilni boşqariş uçun işonç qoğozi beriş huquqi rasmiylaştirişga ruxsat berilmoqda. Bu taqiq Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini sotib oliş, ulardan foydalaniş va ularni boşqa şaxslarga berişni tartibga soliş töğrisida”gi 2001 yil 28 avgustdagi 354-son qaroriga köra şu paytgaça amal qilib kelayotgan edi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga özgartirişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi 2018 yil 24 oktabrdagi 863-sonli qaroriga köra, 28.08.2001 yildagi 354-sonli qarori 4-bandi uçinçi xatboşisi çiqarib taşlandi.

Endi fuqarolar özlari işonç bergan insonlarga boşqa şaxsga xuddi şunday işonç qoğozi rasmiylaştiriş huquqiga ega bölişdi. Berilayotgan vakolatlar hajmi kamroq bölişi mumkin, lekin ortiq bölmasligi, qayta işonçnoma berişi huquqi asosiy (“dastlabki”) işonçnomada aks etişi kerak. “Ikkinçi” işonçnoma ham notarial tartibda tasdiqlanişi kerak.

Öz vakolatlarini qayta işonçnoma bilan topşirgan şaxs asosiy işonçnomani bergan şaxsga yangi işonç bildirilgan insonning ism familiyasi va yaşaş manzili haqida ma'lumot berişi şart. Xabardor qiliş şunday amalga oşirilişi kerakki, xabardor qilinganlik fakti hujjat bilan öz tasdiğini topişi lozim. Agar bu iş qilinmasa, keyingi işonçnomani qölga kiritgan şaxsning xatti-harakatlari uçun oldingi işonçnomani olgan şaxs javobgar böladi. Asosiy işonç qoğozi qaytarib olinganda, muddati tugaganda yoki boşqa sabablar bilan tugatilganda keyingi berilgan işonç qoğozi ham öz kuçini yöqotadi.

Bundan taşqari, endi Özbekiston Respublikasi rezidentlari bölmagan şaxslarga avtomototransport vositalarini işonçnoma orqali berişni ham rasmiylaştiriş mumkin. Bu ham 17 yil davomida taqiqlangan edi.