“Abdullajon” filmidagi ulkan qovun-tarvuzlarni yaxşi eslaymiz, bu kabi ekinlarni hayotda uçratmagan bölişingiz mumkin. Biroq, Toşkentning Yangiyölida 25 – 30 kilogrammli qovoqlar yetiştirilayotgani haqiqat.

 Biz bu xabarni eşitgaç, ulkan qovoqlarni yetiştirişi bilan tanilgan fermer Alinazar Imomnazarovni qidirib yölga tuşdik. Borar manzilimiz biroz olis körinsa-da, ulkan qovoqlarni köriş, körganlarimizni esa lavha qilib öquvçiga yetkaziş iştiyoqi bu qiyinçiliklarni yengib ötişga sababçi böldi.

Video: TasiIX

Video: Facebook

Video: YouTube

Sörab-suriştirib, nihoyat, Yangiyöl tumani, Mirişkor qişloğida yaşovçi fermer Alinazar Imomnazarov xonadonini topib bordik.

Fermerning Kun.uz’ga hikoya qilişiça, yirik qovoqlarni yetiştirişda dastlabki iş, avvalo, sifatli uruğ tanlaşdan boşlanadi. Xususan, ekiladigan qovoq uruği toza, yuqori unuvçan va butun (sinmagan) bölişi kerak. Ekin maydoniga kuzda mineral va organik öğitlar berilib, 30-35 sm çuqurlikkaça şudgorlanadi.

Qovoqlar Özbekistonning janubiy viloyatlarida 15 aprelgaça, markaziy mintaqada joylaşgan viloyatlarda 20 aprelgaça, şimoliy mintaqalarda esa 30 aprelgaça ekiladi.