Kataloniya hukumatining sobiq rahbari, ayni vaqtda Belgiyadan boşpana topgan Karles Puçdemon «Milliy çaqiriq» nomli yangi partiyaga asos soldi. Bu haqda The Guardian naşri xabar tarqatdi.
Bu partiya tarafdorlarining ilk uçraşuvi Kataloniyaning Manresa şahrida, ötgan yilning 1 oktabridagi namoyişlardan keyin hibsga olingan faollar qamalgan qamoqxona yaqinida ötkazilgan. Rasmiy Madrid Mustaqillik referendumini noqonuniy deb topganidan keyin tomonlar örtasida töqnaşuvlar kelib çiqqan va önlab kişilar qölga olingandi.
«Bir yil muqaddam kuraşişni davom ettirişga qaror qilgandik. Biz özimizni yaxşi davlat, respublika quriş uçun fido qilamiz», degan uçraşuv iştirokçilariga videoaloqa orqali murojaat qilgan Puçdemon.

The Guardian naşri xabarida qayd etilişiça, Puçdemonning köplab safdoşlari ötgan bir yil içida öz nisbatan mö'tadillaşgan va yangi partiyaga qöşilişmagan.
2017 yilning 1 oktabrida Kataloniyada Mustaqillik referendumi ötkazilgandi. Madrid bu referendumni noqonuniy deb hisoblab, uning ötkazilişiga qarşilik qilgandi. Kataloniya rahbarlari Ispaniya qirolligi hukumatini separatizmda ayblab, hududni ajratib oliş kerakligiga da'vat qilişgandi. Keyinroq hududning öşa vaqtdagi rahbari Karles Puçdemon bir neça tarafdori bilan mamlakatdan qoçib ketişga majbur böldi.













