«Tottenhem» boş murabbiyi Maurisio Poçettino keça «Real»dan iste'foga çiqarilgan Xulen Lopetegining örnini egallaş uçun birinçi raqamli nomzod bölib turibdi, deb xabar tarqatdi The Sun.
Manbaga köra, «qirollik klubi» vakillari ötgan hafta Londonga kelib, Poçettinoga yaqin kişilar bilan uçraşgan va ortga qaytgaç, klub prezidenti Florentino Peresga ijobiy xabarlar yetkazişgan. Endilikda rahbariyat noyabr oxiriga qadar 46 yoşli uşbu mutaxassisni klubga olib kelişni istamoqda.

Şu bilan birga, naşrning aniqlaşiça, hozirga qadar ayni lavozimga asosiy nomzod sifatida körsatib kelingan Antonio Konte Madridga keliş fikridan qaytişi mumkin. «Real»dagi futbolçilarning mavqeyi va murabbiyga bosim ötkaza olişi italiyalik mutaxassisni ikkilantirib qöygan.
Xususan, kuni keça jamoa sardori Serxio Ramosdan «Çelsi»ning sobiq ustozi klub murabbiyi bölişiga qanday qaraşi haqida söraşganida u şunday deb javob bergan:
«Hurmat qozoniladi, talab qilib olinmaydi. Siz taniydigan murabbiylar bilan allaqaçon hamma sovrinlarni yutib bölganmiz. Klubda öyinçilarini boşqariş murabbiyning texnik bilimidan köra köproq ahamiyatga ega», - deb aytgan Ramosning sözlarini keltiradi The Sun.
Naşr xulosasiga köra, «Real» futbolçilari Kontening «Çelsi»dagi faoliyati davomida ayrim öyinçilar bilan kelişa olmagani sabab unga işonçsizlik bilan qaraşmoqda.













