Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi e'lon qilindi
Moskva davlat universiteti/Foto: Wikipedia
QS University Rankings: Eastern Europe and Central Asia (EECA) 2019 reytingi e'lon qilindi, unda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi 26 mamlakatning eng yaxshi universitetlari qayd etilgan.
Birinchi o‘rinni Moskva davlat universiteti (Rossiya) egalladi, ikkinchi - Novosibirsk davlat universiteti (Rossiya), uchinchi - Karlov universiteti (Chexiya).
Shuningdek, birinchi o‘ntalikdan Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya), Tartu universiteti (Estoniya), Yagellon universiteti (Polsha), Yaqin Sharq texnika universiteti (Turkiya), Pragadagi Chexiya texnika universiteti (Chexiya) va Bosfor universiteti (Turkiya) joy oldi.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘istonning 20ta universiteti reytingga kirdi, ular orasida eng yuqori o‘rinni Qozog‘iston Milliy universiteti (19-o‘rin) egalladi. Qirg‘izistondan bitta oliy o‘quv yurti - Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti (151-160 o‘rin).
Toshkent davlat texnika universitetiga reytingdan joy olish uchun bir necha ball yetmadi, u 301+ pozitsiyasida qoldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng yaxshi universitet ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:10 / 27.01.2026
«Erkalatib yubordik» – rossiyalik propagandachi Markaziy Osiyo davlatlari «o‘z o‘rnini bilishi» kerakligini aytdi
14:26 / 25.01.2026
Markaziy Osiyo va Rossiya energetika bo‘yicha ishchi guruh tuzmoqda
22:40 / 23.01.2026
Jahon banki Markaziy Osiyoda birinchi elektr energiya bozori yaratilishini qo‘llab-quvvatlaydi
14:40 / 21.01.2026