Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi, deb xabar bermoqda vazirlik telegram-kanali.
Nizomga muvofiq depozit operatsiyalari Markaziy bank bilan tijorat banklari örtasida tuziladigan Markaziy bankning depozit operatsiyalarida qatnaşiş töğrisidagi Boş bitimga asosan milliy valyutada amalga oşiriladi.
Depozitlar böyiça foiz stavkalari Kredit qömitasi tomonidan örnatiladi.
Şuningdek nizomda belgilanişiça depozit operatsiyalarini amalga oşirişda tijorat banklari majburiy rezerv talablarini öz vaqtida va töliq bajargan bölişi, qarz majburiyatlari bölmasligi lozim.
Markaziy bank tomonidan depozit auksioni (foizli va miqdoriy), özgarmas foiz stavkasi böyiça depozit operatsiyalari amalga oşiriladi.
Auktsion töğrisidagi ma'lumot auksiondan uç iş kuni oldin Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
Bundan taşqari depozit auksioni quyidagi standart şartlar asosida ötkazilişi belgilandi:
• “1 hafta”– muddati yetti kalendar kunidan;
• “2 hafta” – muddati ön tört kalendar kunidan;
• “1 oy” – muddati bir oydan;
• “3 oy” – muddati uç oydan iborat depozit operatsiyasi;
• boşqa şartlar asosida – depozit muddati Markaziy bankning depozit auksioni ötkazilişi haqidagi ma'lumotida körsatiladi.
Foizli depozit auksionlari ikki xil usulda ötkazilişi mumkin:
• “amerikaça” usul – tijorat banklarining raqobatli arizalari ularda taklif etilgan foiz stavkalari böyiça;
• “gollandça” usul – tijorat banklarining raqobatli arizalari çegiriş stavkasi böyiça qondiriladi.
















