Mart oyida Britaniyaning Solsberi şahrida «Noviçok» asab-falajlovçi modda yordamida zaharlangan Yuliya Skripalning qalliği «yer yuzidan yöq bölib qoldi». Uning maşinasi qizning Moskvadagi kvartirasi joylaşgan uy yonida turibdi, iti Nuar esa yarim yildan beri hayvonlar uçun maxsus boşpanada yaşamoqda. Bu haqda Britaniyaning Daily Mirror naşri xabar berdi.

Naşr muxbirlari qizi bilan birga «Noviçok» yordamida zaharlangan sobiq «ikkilamçi» agent hamda GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning qarindoşlari bilan suhbatlaşişdi.

Xususan, Yuliyaning 45 yoşli qarindoşi Viktoriya Skripal Rossiya harbiy razvedkasi öziga ov e'lon qilgan bölişidan xavfsiramoqda.

Yuliyaning qalliği «yöqolib qolişi» esa, u GRU agenti bölişi mumkinligi haqidagi miş-mişlarni yanada kuçaytirdi, deb yozadi Britaniya naşri.

Viktoriya Skripalning sözlariga köra, amakisi va singlisi aloqaga çiqişmadi. Naşrning qayd etişiça, zaharlangani va Solsberidagi kasalxonadan çiqqanidan keyin Sergey hamda Yuliya Skripal omma oldida köriniş berişmadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq FXX Petrov va Boşirovning şaxsiy ma'lumotlari sizib çiqişida aybdorlarni topgandi.