2018 yilning 2 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo davlatlari va Möğuliston bilan aloqalar böyiça delegatsiyasi raisi Iveta Grigule-Peterse boşçiligidagi mamlakatga taşrif buyurgan deputatlar guruhini qabul qildi.

TIV xabariga köra, suhbat çoğida 1 noyabr kuni Toşkent şahrida bölib ötgan «Özbekiston – Yevropa ittifoqi» parlament hamkorlik qömitasining navbatdagi majlisi yakunlariga ijobiy baho berildi. Ta'kidlanganidek, uşbu tadbir oçiq, konstruktiv va işonçli muloqot ruhida ötdi va Oliy Majlis hamda Yevroparlament deputatlariga hamkorlikning istiqbollarini muhokama qiliş imkonini yaratdi.

Qayd etilganidek, Özbekiston va Yevropa ittifoqi qonunçilari örtasidagi muntazam va samarali aloqalar, amaliy tajriba almaşinuvlari ikki tomonlama munosabatlarning muhim qismi hisoblanadi.

Uçraşuvda qöşma kun tartibidagi boşqa masalalar ham körib çiqildi. Muzokaralarda YeI delegatsiyasi rahbari, elçi Eduards Stiprays iştirok etdi.