Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatda hamyonbop aviakompaniya – loukoster taşkil etiş topşiriğini berdi. U bu haqda Qozoğiston investitsiyalar va rivojlaniş vaziri Jyenis Kasimbek, “Samruk-Qazyna” AJ direktorlar kengaşi raisi Riçard Evans va Air Astana aviakompaniyasi prezidenti Piter Foster bilan uçraşuvda ma'lum qilgan.

Jumladan, Nursulton Nazarboyev aholi uçun aviataşuv xizmatlari hamyonbopligini oşiriş muhimligini ta'kidlab ötgan.
“Air Astana boş aviakompaniyamiz hisoblanadi. Biz uni Riçard Evans bilan birgalikda taşkil etganmiz. Ötgan yillar içida katta iş qilindi. Bugungi kunda kompaniya özini yaxşi tomondan körsatgan va katta nufuzga ega”, deb aytgan Qozoğiston rahbari.
Air Astana Qozoğistonning eng yirik aviakompaniyasi bölib, “Samruk-Kazyna” milliy farovonlik jamğarmasi (51 foiz) va Britaniyaning BAE Systems PLC kompaniyasi (49 foiz) qöşma korxonasi hisoblanadi. Bugungi kunda uning parkida 33 ta samolyot bor, joriy yil oxirigaça ularning sonini 36 taga yetkaziş rejalaştirilgan.

















