Özbekiston Xalq ta'limi vazirligi ayrim internet naşrlarida mamlakatimizning barça maktablari 2019 yilning 1 yanvarigaça avtobuslar bilan ta'minlanişi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi.
«Joriy yilning 2 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida xalq ta'limi tizimini yanada rivojlantiriş borasidagi islohotlar samaradorligini oşiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazilgan edi.
Mazkur yiğilişda 2019 yil 1 yanvargaça joylardagi maktab filiallarini asosiy maktabga aylantiriş vazifasi qöyildi. Asosiy maktab taşkil etiş maqsadga muvofiq bölmagan joylarda esa, öquvçilarning asosiy maktabga borişlari uçun avtobus xizmatlari yölga qöyilişi masalasini örganib çiqiş kerakligi ta'kidlandi. Bu taşabbus qişloq bolalarini ham yaxşi şaroitlarda öqişini ta'minlaş öquvçilar uzoğini yaqin qilişga qaratilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Xalq ta'limi vazirligi tizimida 9,6 mingdan ziyod maktablar faoliyat yuritadi va ularning barçasini ikki oyda avtobuslar bilan ta'minlaş imkoniyati mavjud emas. Şuning uçun bu masala birinçi navbatda eng zarur bölgan uzoq joylardagi maktablar uçun közda tutiladi», deb yozadi Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati.
Bundan oldinroq «Xalq Sözi.onlayn» prezident raisligidagi yiğilişda hududlar talabidan kelib çiqib, litsey va kollejlarning böşagan binosini joriy yil oxiriga qadar Xalq ta'limi vazirligi tasarrufiga ötkaziş, 2019 yil 1 yanvargaça joylardagi maktab filiallarini asosiy maktabga aylantiriş, maktab avtobuslari bilan tizimli ta'minlaş böyiça körsatmalar berilgani haqida xabar bergandi.













