Singapur milliy universiteti olimlari oddiy plastik idişlardan turli sohalarda foydalaniş mumkin bölgan maxsus aerogellar tayyorlaş yölini topişdi.

Ikki yil davomida tadqiqot olib borgan dotsent Xay Min Duong va professor Nxan fan-Txiyen boşçiligidagi olimlar guruhi plastik idişlar asosini taşkil etuvçi polietilentereftalatdan aerogel oliş texnologiyasini işlab çiqişdi. 

Olimlarning aytişiça, bitta plastik idişdan A4 ölçamdagi aerogel varağini tayyorlaş mumkin.

«Aerogel tarkibiga turli aralaşmalar qöşiş orqali turli xomaşyolar olişimiz mumkin. Masalan, metil guruhini qöşib unga sorbent xususiyatini taqdim etamiz. U suv havzalarini neftdan tozalaşda asqotadi. Yoki boşqa qöşimça qöşsak, aerogel olovga çidamli va issiqlikni tutib turuvçi moddaga aylanadi. Undan uylar devorlariga qoplama yoki öt öçiruvçilar kiyimlari uçun mato tayyorlaş mumkin. Bularning barçasini biz oddiy plastik çiqindilardan tayyorlay olamiz!», - dedi ixtiroçilardan biri.