Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti qoşida tuzilgan Işçi guruh alifbodagi özgarişlar borasida ma'lumot berdi. Bu ma'lumotlar ÖzAda e'lon qilingan.
Rasman 2018 yil 15 mayda tasdiqlangan «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini keng joriy etiş va yanada takomillaştiriş böyiça Harakatlar rejasiga muvofiq şu yil oxiriga qadar milliy alifbomizning isloh qilingan yangi loyihasini işlab çiqib, tasdiqdan ötkaziş lozim. Şu maqsadda 2018 yil 22 oktabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini keng joriy etiş va takomillaştiriş muammolari» deb nomlangan ilmiy-amaliy konferensiya ötkazilgan, konferensiya iştirokçilari milliy alifbomizni isloh qiliş böyiça aniq takliflarni ilgari surişgandi.
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti qoşida tuzilgan Işçi guruh a'zolari ikki yil mobaynida lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini isloh qiliş böyiça izçil iş olib borişgan.
Işçi guruh a'zolari hamyurtlarimiz tomonidan bildirilgan fikrlarni örganib çiqib va ilmiy mantiqqa suyangan holda eng maqbul qarorga kelişga harakat qilişgan.
Xulosa sifatida, umumiy mehnat mahsuli bölgan — 28ta harf, bitta harfiy birikma va bitta belgidan iborat, jami 30 birlikdan taşkil topgan alifbo loyihasi havola qilingan.

Asosiy özgarişlar — «Shsh» va «Chch» mos ravişda «Şş» va «Çç» belgilariga almaştirilgan, «Öo‘» va «Ğğ» harflari «Ŏŏ» va «Ğğ» körinişini olgan. Tutuq belgisi hamda Ng ng harfi saqlab qolingan — muhokamalardan keyin bu harf örniga «n̅» belgisini joriy etiş loyihasi qabul qilinmagan.
Öz navbatida J’ni C’ga almaştiriş böyiça takliflar ham qabul qilinmagan — J bitta böladi.
22 oktabr kuni ötkazilgan konferensiyada «Ch, ch» harf birikmasi örniga «Ç, ç» joriy etilişi munosabati bilan alifboga «S» harfini joriy etiş ham taklif etilgan va bu harfdan «Jon», «jöja» sözidagi «J» harfi örnida foydalaniş möljallangandi. Şuningdek, lotinça alifbodagi «J, j» harfini ham qoldirib, undan «jurnal», «jirafa» kabi sözlardagi sirğaluvçi «J» örnida foydalaniş taklif etilgandi: jurnal, jirafa.

















