Özbekiston Respublikasi boş vazirining sobiq örinbosari Zoyir Toiroviç Mirzayev Jizzax viloyati, Şarof Raşidov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu ma'lumotni «Kun.uz» manbasi tasdiqladi.
U tuman xalq deputatlari tuman kengaşining navbatdan taşqari yiğilişida jamoaga taniştirilgan.
Şarof Raşidov tumaniga şu kungaça Sayfiddin Umaroviç Ismailov rahbarlik qilib kelayotgandi. U 2016 yilning dekabrida Jizzax viloyati hokimligidan tuman hokimligiga tuşirilgandi (öşa vaqtda Jizzax tumani).
Eslatib ötamiz, Zoyir Mirzayev 29 oktabr kuni prezident farmoni bilan ğalla ekiş va suğoriş işlarini taşkil etiş jarayonida jiddiy kamçiliklarga yöl qöygani bois Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari – Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etilgandi.
Undan oldinroq boş vazir örinbosari Toşkent viloyatining Oqqörğon va Bekobod tumanlarida hokimlik mulozimlari va fermerlarni suvga tuşişga hamda dalada yirik kesaklarni kötarib rasmga tuşişga majburlagani ma'lum bölgandi.

















