8 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça Maxsus vakili Ismatulla Irgaşev boşçiligidagi delegatsiya Bryussel şahrida Yevropa parlamentida bölib ötgan “Afğoniston uçun birgalikdagi qaraşlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada iştirok etdi.

Konferentsiya işida Yevroparlament deputatlari, Yevrokomissiya, OAV va Yevropa Ittifoqi, Belgiya, boşqa xalqaro taşkilotlar huzurida akkreditatsiya qilingan diplomatik missiyalarning vakillari qatnaşdilar.

Forum qatnaşçilari xavfsizlik, tinçlik va davlat qurilişi, Afğonistonning rivojlanişiga xalqaro kömak, qayta tiklaniş va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Yevropa parlamenti deputati, Afğoniston bilan aloqalar delegatsiyasi raisi Petras Auştreviçyus kiriş nutqi sözladi.

Irgaşev öz nutqida joriy yilning 26-27 mart kunlari Toşkent şahrida bölib ötgan yuqori darajali xalqaro konferensiya yakunlariga hamda konsensus asosida qabul qilingan maxsus Deklaratsiyaga alohida urğu berdi. Özbekistonning Afğoniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni izçil mustahkamlayotgani, mazkur mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi uçun muhim bölgan qator infrastruktura loyihalarini faol amalga oşirayotgani ta'kidlab ötildi.

Ismatulla Irgaşev Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Afğonistonda tinçlik jarayonini boşlaşga hamda tinç Afğoniston uçun kadrlar tayyorlaşga kömaklaşiş borasidagi taşabbuslariga alohida e'tibor qaratdi.