Donetsk va Lugansk xalq respublikalarida saylov uçastkalari iş boşladi, deb xabar berdi Donetsk yangiliklar agentligi va Lugansk axborot markazi. Har ikki respublikadagi saylovlar Toşkent vaqti bilan soat 22:00gaça davom etadi.

“DXR”da 408ta saylov uçastkasi oçildi. Respublika aholisi “DXR” rahbari lavozimiga 5 nomzoddan birini tanlaydi. Saylovlarda vaqtinçalik rahbar Denis Puşilin, yurist Yelena Şişkina, ”Ozod Donbass” fraksiyasi deputati Roman Xramenkov, fan va ta'lim vazirining sobiq örinbosari Vladimir Medvedev va jamoatçi Roman Yevstifeyev öz nomzodini qöygan.

“LXR”da bölib ötayotgan respublika rahbarligiga saylovlarda vaqtinçalik rahbar Leonid Paseçnik, fan va ta'lim xodimlari kasaba uyuşmasi respublika qömitasi rahbari Oleg Koval, “Lugansk iqtisodiy ittifoqi” jamoatçilik harakati raisi Lyudmila Rusnak va respublika temiryöl transporti xodimlari kasaba uyuşmasi rahbari Natalya Sergun iştirok etmoqda.

Şuningdek, har ikki respublika parlamentlariga ham saylovlar bölib ötmoqda.

Kiyev saylovlarga qarşi çiqmoqda: Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin saylovlarni “sirk tomoşasi” deb atadi va saylovlar ötkazilgani uçun Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar kiritilişiga va'da berdi. 

Öz navbatida Ukraina prezidenti Petr Poroşenko  mazkur saylovlar böyiça G7, YeI, AQŞ va Kanadaning munosabatini kutayotganini ma'lum qildi.

U şuningdek, Donbass aholisini saylovlarda qatnaşmaslikka çaqirdi.